10 класс

O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017

O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017.

Учебник по узбекскому языку для 10 класса на узбекском языке.

   O‘zbek tilida egallagan bilimlaringizni og‘zaki va yozma nutqda mustaqil qo‘llashga, ko‘nikmalaringizni yanada oshirishga intilyapsiz. 10-sinfda o‘zbek tilidan ijtimoiy vaziyatlarga o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotga muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali mustaqil ishlay olish layoqatlarini o‘zlashtirasiz.
Og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalaringizni o‘stirish maqsadida yangi nutqiy mavzular, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalarni egallaysiz.
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiborli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishni o‘rganasiz.

O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017
Скачать и читать O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017
 

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari, 10 sinf, Abduqodirov А.А., 2005

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari, 10 sinf, Abduqodirov А.А., 2005.

Учебник по информатике для 10 класса на узбекском языке.

   Darslikda informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni, axborot tizimlarini tuzish va undan foydalanish, model va modellashtirish, taqribiy hisoblash usullari, iqtisodiy-matematik usullar, algoritmlar va ularni dasturlash, O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari va ulaming istiqbollari mavzulari yoritilgan. Mavzuga oid ko'plab misollar tahlili bilan keltirilgan, mashq qilish uchun topshiriqlar berilgan.

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari, 10 sinf, Abduqodirov А.А., 2005
Скачать и читать Informatika va hisoblash texnikasi asoslari, 10 sinf, Abduqodirov А.А., 2005
 

Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003

Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003.

Учебник по истории для 10  класса на узбекском языке.

   1914—1945-yillardagi ikki jahon urushi o'rtasidagi davr. Unda dunyoni qayta taqsimlab olishga, yangi dunyo tartiboti o'rnatishga yo'naltirilgan jahon mojarolari juda ko‘p. Birinchi jahon urushi imperialistik, ya’ni ikkala imperialistik guruh boshlagan bosqinchilik urushi bo‘ldi. U talonchilik va buzg‘unchilik urushi edi.

Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003
Скачать и читать Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003
 

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018.

Учебник по основам духовности для 10-11 класса на узбекском языке.

   Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi. Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, din-u diyonati, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofat-g‘am tushganida hamdardlik bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehr-oqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal ma’naviy olami tashkil etadi.
Mazkur darslikda o‘quvchi-yoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maqsadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mavzuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinflarda olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
Скачать и читать Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
 

Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., Abdullayev J., 2017

Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., Abdullayev J., 2017.

Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.

   Insoniyat tarixining Birinchi ja hon urushi ning yakuni – 1918-yildan boshlanib, hozirgi kunga cha bo‘lgan davri «Eng yangi tarix» debataladi.
«Eng yangi ta rix» kishilik jamiyati rivojlanishida industrial sivi lizatsiyadan postindustrial sivilizatsiyaga o‘tish davri sifatida qarala di. Eng yangi davr tarixida nisbatan mustaqil bo‘lgan uchta bos qichni ajra tib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1918 – 1945-yillar – in dustrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqiro zining boshlanishi davri. Bu inqiroz jahon urushlarida, sot sialistik va milliy-ozodlik inqi lob larida, Germa niya, Italiya, Yа poniya, SSSRda totalitar tuzumlar ning qaror topishida, ijti moiy ziddiyat larning keskinlashuvida namo yon bo‘ldi. Bu bosqi ch ning mazmu ni ni jamiyat taraqqiyotining ikki asosiy modellari – liberal-demokratik va totаlitar tuzumlar o‘rta sidagi kurash tashkil qiladi.

Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., Abdullayev J., 2017
Скачать и читать Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., Abdullayev J., 2017
 

Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017

Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017.

Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.

   Din azaldan kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Dinni o‘rganish — bu inson ma’naviy dunyosini o‘rganishdir. Diniy manbalar insoniyat tarixida sodir bo‘lgan ibratli voqealarni o‘zida mujassam qilgan, ular kishilarni axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa insonning hayot so‘qmoqlarida adashmasligi, yaxshi-yomon, oq-u qorani anglab yetishi hamda o‘z umrini oqilona tashkil etishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Natijada insonning turmush tarzi yuksalib, jamiyatda taraqqiy etadi.

Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017
Скачать и читать Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017
 

O‘zbekiston tarixi, 1917-1991 yillar, 10 sinf, Rajabov Q., Zamonov A., 2017

O‘zbekiston tarixi, 1917-1991 yillar, 10 sinf, Rajabov Q., Zamonov A., 2017.

Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.

   1917 - 1991-yillar O‘zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. Mazkur davrni quyidagi katta 2 ta bosqichga ajratish mumkin: 1) birinchi bosqich - 1917 - 1924-yillar; 2) ikkinchi bosqich - 1925 - 1991-yillar. Birinchi bosqich-da mintaqada Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari tashkil qilingan bo‘lsa, ikkinchi davr 1925-yil fevralda O‘zbekiston SSRning tuzilishi bilan boshlanadi hamda 1991-yilda sovet davlatining parchalanishi bilan tugaydi. Bu bosqichlar ham o‘z navbatida bir nechta kichik bosqichlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida yaqin o‘tmish tariximizga quyidagicha baho bergan edi: “0‘zbek xalqining necha mingyillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar boigamm barchamiz yaxshi bilamiz.

O‘zbekiston tarixi, 1917-1991 yillar, 10 sinf, Rajabov Q., Zamonov A., 2017
Скачать и читать O‘zbekiston tarixi, 1917-1991 yillar, 10 sinf, Rajabov Q., Zamonov A., 2017
 

Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017

Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017.

Учебник по родному языку для 10 класса на узбекском языке.

   Siz oldingi sinflarda xalqimizning dunyolarga bermaydigan boyligi bo‘lmish o‘zbek tilining tarkibiy tuzilishi, bu tarkibning birliklari va ular orasidagi munosabatlar, bundagi qoidaqonuniyatlar bilan tanishdingiz. Siz fonetika bo‘limida tovushlarmng tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va irnlosi, shuningdek, urg‘uni, leksikologiya bo‘limida so‘zlaming ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni, morfologiya bo‘limida so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu sliakUariiiiig o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini, sintaksis bo‘limida so‘zlarni birbiri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari, gaplaming xususiyatlarini o‘rgandingiz.

Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017
Скачать и читать Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017
 
Показана страница 60 из 352