6 класс

Voyage en France, 6 sinf, Abdushukurova Z., Yusupova H., Nishanov M., 2018

Voyage en France, 6 sinf, Abdushukurova Z., Yusupova H., Nishanov M., 2018.

Учебник по французскому языку для 6 класса на узбекском языке.

   Nous sommes très contents d'être avec toi! Tu sais déjà beaucoup de choses en français et tu vas continuer à apprendre avec nous, c'est super!
Avec «Voyage en France» tu vas apprendre les nouveaux aspects de cette belle langue. Tu vas connaître de nouveaux personnages! Tu vas t'amuser avec eux. Tu vas voir, c'est sympa et on va t'aider!
Ensemble, on va faire plein d'activités: on va parler, chanter, réciter, jouer, lire, écrire, explorer et faire des projets tous ensemble en français!

Voyage en France, 6 sinf, Abdushukurova Z., Yusupova H., Nishanov M., 2018
Скачать и читать Voyage en France, 6 sinf, Abdushukurova Z., Yusupova H., Nishanov M., 2018
 

Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017

Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017.

Учебник по ботанике для 6 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslikdan siz, tabiatda be-qiyos o‘rin tutgan o‘simliklar dunyosi bilan tanishasiz. Siz o‘simliklar haqidagi dastlabki bilimlami boshlang‘ich sinf-larda o‘rgangan «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» darslaridan bilib olgansiz. Bu darslarda olgan bilimlaringiz siz uchun yangi fan - biologiyaning bir bo‘limi bo‘lgan bo-tanikani yanada mukammalroq o‘rganishingizga yordam beradi.

Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017
Скачать и читать Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017
 

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017.

Учебник по технологии для 6 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Qo‘lingizdagi 6-sinf “Texnologiya” darsligi Sizning insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017
Скачать и читать Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017
 

Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017

Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017.

Учебник по истории для 6 класса на узбекском языке.

   5-sinfda «Tarixdan hikoyalar» bilan tanishgan edingiz. Siz uzoq o‘tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib oldingiz.
6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.

Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017
Скачать и читать Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017
 

Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017

Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017.

Учебник по математике для 6 класса на узбекском языке.

   Ona yurtimiz O‘zbekiston jahon ilm-u fani, madaniyatiga yuzlab buyuk olimlar, shoirlar, davlat arboblari, rassomlarni yetishtirib bergan. Bilingki, siz ularning ezgu ishlari davomchisisiz! Kitobimiz sahifalarida diyorimizning buyuk allomalari ijodidan namunalar joy olgan. Ular asrlar osha siz bilan gaplashadilar – siz ular bilan faxrlaning!
Yoshlik bilim olish davridir. Allomalar aytganlaridek, «Yoshlikda olingan bilim toshga bitilgan yozuv kabi o‘chmasdir». Matematikani o‘rganish qunt va izchillikni, ko‘plab masala va misollarni tushunib, idrok qilib yechishni talab etadi. Ushbu darslikni yaxshi o‘rganib olsangiz, u sizga umrbod do‘st bo‘lib qoladi!

Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017
Скачать и читать Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017
 

Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018

Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

   Teens’ English 6 darsligiga xush kelibsiz! Ushbu darslik ingliz tilini o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qiziq va ajoyib mashq hamda topshiriqlar bilan to‘la. Darslikning oxirida grammatikaga oid ma’lumotlar va lug‘at berilgan. Mashq daftari ingliz tilini sinfda yoki uyda o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qo‘shimcha mashq va topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat ishlarida bo‘limlarni o‘rganish davomida olgan bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish uchun multimedia ilovasi ham mavjud bo‘lib, undan siz o‘qituvchi yordamida yoki uyda mustaqil ravishda foydalanishingiz mumkin.
Ingliz tilini o‘rganib olishning eng yaxshi usuli uni amalda qo‘llash ekanligini unutmang. Darsda va uyda o‘rtoqlaringiz bilan ingliz tilida imkoni boricha ko‘proq muloqotda bo‘lishga harakat qiling. Biz bu o‘quv materiallari sizga quvonch olib keladi va ko‘p vaqt o‘tmay ingliz tilidan olgan bilimingiz yaxshilanadi degan umiddamiz.

Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018
Скачать и читать Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018
 

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

   Siz 5-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari» darsligi yordamida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrir qilish, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha to‘liq malakaga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarur. Shu sababli, 6-sinf «Informatika » darslarida sizlarga zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta’minotidan biri bo‘lgan matn bilan ishlash dasturlarining vazifalari va imkoniyatlari haqidagi bilimlar qiziqarli va ko‘rgazmali ko‘rinishda beriladi. Ushbu darslik yordamida matn hosil qilish va hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bezak berish usullarini kompyuterda amaliy ishlar bajarish asosida o‘rganasiz.
O‘ylaymizki, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘ makchingiz va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, amaliy ishlarni bajarishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslik, sizga, kompyuterda ishlab izlanishingizda va tadqiqotchiga aylanishingizda yaqindan ko‘makdosh bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017
Скачать и читать Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017
 

Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017

Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017.

Учебник по географии для 6 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Siz tabiiy geografiyaga oid dastlabki bilimlarni 4- sinfda „Òabiatshunoslik“, 5- sinfda „Tabiiy geografiya“ darsliklaridan bilib oldingiz. Darsliklardagi muayyan tayanch tushuncha va iboralar bilan tanishsiz, ularning mazmunini bilasiz. Endi Siz „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida quyi sinflarda egallagan tabiiy geografiyaga oid umumiy bilimlaringizni yanada mustahkamlaysiz, shu bilimlarga tayangan holda yangi atama, tayanch tushuncha va nomlar mazmunini o‘zlashtirasiz, puxta bilimlarga ega bo‘lasiz.

Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017
Скачать и читать Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017
 
Показана страница 49 из 303