5 класс

Mehnat ta’limi, 5 sinf, Sharipov Sh., 2015

Mehnat ta’limi, 5 sinf, Sharipov Sh., 2015.

Учебник по трудовому воспитанию для 5 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Mehnat ta’limi sizni mehnat turlari va jarayonlari, kasblar bilan tanishtiradi, ularni qadrlashni o‘rgatadi. Sizda dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarni, yaratuvchanlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Mehnat ta’limi darslarida turli amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, kelajakdagi kundalik turmushingizda zarur bo‘ladigan ishlarni bajarishni o‘rgana borasiz.
Har bir o‘quvchi maktab davridan o‘zini mehnatga, bo‘lajak kasbiy faoliyatiga tayyorlab bormog‘i lozim. Buning uchun mehnatsevarlik, ijodkorlik, tirishqoqlik, intizomlilik, berilgan topshiriqlarni bajarishda mas’uliyat bilan yondashish kabi sifatlarni o‘zingizga odat qilib olishingiz kerak. Bu borada mehnat ta’limi sizning eng yaqin yordamchingiz bo‘lib qoladi.

Mehnat ta’limi, 5 sinf, Sharipov Sh., 2015
Скачать и читать Mehnat ta’limi, 5 sinf, Sharipov Sh., 2015
 

Matematika, 5 sinf, Haydarov B.Q., 2015

Matematika, 5 sinf, Haydarov B.Q., 2015.

Учебник по математике для 5 класса на узбекском языке.

  Siz bu o‘quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz – sharqning mashhur allomalari, buyuk matematik olimlari ulkan hissa qo‘shishgan. Hozirda hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o‘z turmushini bekamu-ko‘st tasavvur qila olmaydi. Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o‘rgatib qolmasdan, eng asosiysi – sizni mantiqiy fikrlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam beradi, aqlingizni peshlaydi.
Qo‘lingizdagi mazkur darslik ezgu maqsadlaringizni amalga oshishida sizga hamrohlik qiladi, beminnat yordamchi bo‘ladi. Uning sahifalaridan nafaqat matematikaga oid ma’lumotlar bilan, balki texnika, fan tarixi, atrof-olam va kundalik turmushga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar bilan ham tanishasiz. Bu ma’lumotlar turli-tuman masala va misollar ko‘rinishida e’tiboringizga havola qilinmoqda.

Matematika, 5 sinf, Haydarov B.Q., 2015
Скачать и читать Matematika, 5 sinf, Haydarov B.Q., 2015
 

Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015

Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015.

Учебник по обществознанию для 5 класса на узбекском языке.

  Qadrli o‘quvchi, shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar, sayil va tomoshalar bo‘lib o‘tmoqda. Ona yurtimiz haqida, uning mustaqilligi to‘g‘risida go‘zal so‘zlar, she’r va qo‘shiqlar eshitib, istiqlol naqadar buyuk ne’mat ekanini barchamiz yurak-yurakdan his etmoqdamiz. Ana shu damlarda qalbimizda «Shunday ozod va obod Vatanga munosib farzand bo‘lish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozim?», «Vatan tuyg‘usi, Vatanga muhabbat qanday ishlarda namoyon bo‘ladi?» degan savollar tug‘ilishi tabiiy, albatta. Bunday savollarga javob topishda «Vatan tuyg‘usi» darsligi sizga yordamchi va maslahatchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
Скачать и читать Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
 

New Fly High, English, 5 sinf, Jo‘rayev L., Xan S., Kamalova L., 2017

New Fly High, English, 5 sinf, Jo‘rayev L., Xan S., Kamalova L., 2017.

Учебник по английскому языку для 5 класса на узбекском языке.

   New Fly High darsligiga xush kelibsiz! Ushbu darslik ingliz tilini o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qiziq va ajoyib mashq hamda topshiriqlar bilan to‘la. Darslikning oxirida grammatikaga oid ma’lumotlar va lug‘at berilgan.
Mashq daftari ingliz tilini sinfda yoki uyda o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qo‘shimcha mashq va topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat ishlarida bo‘limlarni o‘rganish davomida olgan bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish uchun multemedia ilovasi ham mavjud bo‘lib, undan siz o‘qituvchi yordamida yoki uyda mustaqil ravishda foydalanishingiz mumkin.
Ingliz tilini o‘rganib olishning eng yaxshi usuli uni amalda qo‘llash ekanligini unutmang. Darsda va uyda o‘rtoqlaringiz bilan ingliz tilida imkoni boricha ko‘proq muloqatda bo‘lishga harakat qiling.
Biz bu o‘quv materiallari sizga quvonch olib keladi va ko‘p vaqt o‘tmay ingliz tilidan olgan bilimingiz yuksaklarga parvoz qiladi degan umiddamiz.

New Fly High, English, 5 sinf, Jo‘rayev L., Xan S., Kamalova L., 2017
Скачать и читать New Fly High, English, 5 sinf, Jo‘rayev L., Xan S., Kamalova L., 2017
 

Informatika, 5 sinf, Kamolitdinova D., 2016

Informatika, 5 sinf, Kamolitdinova D., 2016.

Учебник по информатике для 5 класса на узбекском языке.

   Fan va texnika, ayniqsa, axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan ushbu davrda har bir inson o‘zining hayotida muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Mustaqil hayotga dadil qadam tashlash, atrofi mizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangiliklar bilan hamnafas bo‘lib yashash uchun har bir o‘quvchi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur:
– yangi bilimlarni izlash;
– topshiriq, masala va mashqlarni yechishda tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlash;
– bilimlarni egallash, topshiriq, masala va mashqlarni yechishda kompyuterdan foydalanish.
5-sinfda siz ilk bor «Informatika» fanini o‘rganyapsiz. Informatika darslarida siz yangi tushunchalarni o‘rganasiz, masala va topshiriqlarni bajarishda kompyu terdan foydalanasiz.
Umid qilamizki, informatika fani atrofi ngizda, ko‘z oldingizda sodir bo‘layot gan hodisalarni yaxshiroq tushunishga, yangi bilimlarni egallashda eng yaqin yordamchi bo‘lib qoladi.

Informatika, 5 sinf, Kamolitdinova D., 2016
Скачать и читать Informatika, 5 sinf, Kamolitdinova D., 2016
 

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015.

Учебник по географии для 5 класса на узбекском языке.

   Siz bu yildan boshlab yangi fan — «Geografiya»ni o‘rganasiz. Bizning buyuk bobokalonlarimiz geografiyani yaxshi bilishgan, shuning uchun ham ushbu fan haqida qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Geografiyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan tashqari, «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita hamda katak chiziqli daftar bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni bajarish uchun esa kompas va globus ham kerak bo‘ladi.

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015
Скачать и читать Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015
 

Botanika, 5 sinf, Pratov O‘., To‘xtayev A.S., Azimova F.O‘., 2018

Botanika, 5 sinf, Pratov O‘., To‘xtayev A.S., Azimova F.O‘., 2018.

Учебник по ботанике для 5 класса на узбекском языке.

   Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan -biologiyaning bir bo‘limi - botanikani yanada mukammal o‘rganishingizda katta yordam beradi.
Botanika - yunoncha «botane»-ko‘kat, o‘t, o‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o‘simliklarning paydo bo‘lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bogcliqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o‘rganadi hamda o‘rgatadi.

Botanika, 5 sinf, Pratov O‘., To‘xtayev A.S., Azimova F.O‘., 2018
Скачать и читать Botanika, 5 sinf, Pratov O‘., To‘xtayev A.S., Azimova F.O‘., 2018
 

Adаbiyot, 5 sinf, 2 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015

Adаbiyot, 5 sinf, 2 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015.

Учебник по литературе для 5 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Таniqli o‘zbеk аdibi Musо Тоshmuhаmmаd o‘g‘li Оybеk 1905-yil 10-yanvаr kuni Тоshkеnt shаhridа bo‘zchi оilаsidа tug‘ilgаn. Avvаl mаktаbdа, kеyin pеdаgоgikа tехnikumidа o‘qigаn. 1925–1930-yillаrdа O‘rtа Оsiyo dаvlаt dоrilfununi (hоzirgi O‘zbеkistоn Milliy univеrsitеti) ning ijtimоiy fаnlаr fаkultеtidа tа’lim оlgаn Оybеk o‘qishni bitirib, shu dоrilfunundа muаllimlik qilgаn.

Adаbiyot, 5 sinf, 2 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015
Скачать и читать Adаbiyot, 5 sinf, 2 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015
 
Показана страница 45 из 301