Все для школьников, студентов, учащихся, преподавателей и родителей - Обучалка - Obuchalka.org

Adаbiyot, 5 sinf, 1 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015

25.03.22 10:49
Adаbiyot, 5 sinf, 1 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015.

Учебник по литературе для 5 класса на узбекском языке.

   Siz bu yildаn «Adаbiyot» dаrsini аlоhidа fan sifatida o‘qiy bоshlаyapsiz. Endi Alishеr Nаvоiy, Zаhiriddin Мuhаmmаd Bоbur kаbi nоmlаri butun jаhоngа yoyilgаn buyuk bоbоlаrimizning hаyot yo‘llаri bilаn kеngrоq tаnishаsiz. Asаrlаridаn bаhrаmаnd bo‘lаsiz. Оzоdlik vа mustаqillik yo‘lidа jоnlаrini fidо etgаn Abdullа Qоdiriy, Abdullа Avlоniy vа Usmоn Nоsirlаrning Vаtаn vа millаt hаqidаgi o‘tli sаtrlаri qаlbingizgа cho‘g‘ tаshlаshigа ishоnаmiz. Bugungi kunning аrdоqli shоirlаri Abdullа Оripоv vа Erkin Vоhidоvlаrning хаlqimiz shоnli tаriхidаn hikоya qilib, pоrlоq kеlаjаgidаn bаshоrаt etuvchi go‘zаl shе’r-u dоstоnlаri, o‘ylаymizki, sizning qаlbingizgа hаm zаvq vа surur bаg‘ishlаydi.
Qo‘lingizdаgi «Adаbiyot» darsligi shu bilаn chеklаnmаydi. Undа yurtimiz tаriхi bilаn bоg‘liq оlis аfsоnа vа ertаklаr, bоbоlаrimiz hikmаtidаn, хаlqimizning o‘z shоiridеk bo‘lib kеtgаn Sа’diy Shеrоziy, nоyob аsаrlаri bilаn dunyo аdаbiyotidа yangi sаhifа оchgаn Ezоp, H.K. Andеrsеn, A.S. Ekzyupеri kаbi аdiblаr ijоdi bilаn hаm tаnishаsiz. Sizgа ulаr zаvq-u ilhоmginа emаs, mа’rifаt vа hikmаt bеrаdi. Go‘zаllik vа dоnishmаndlik оlаmigа hаm olib kiradi.
Bu yo‘ldа bоsgаn qаdаmingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Adаbiyot, 5 sinf, 1 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015
Скачать и читать Adаbiyot, 5 sinf, 1 qism, Ahmеdоv S., Qоsimоv B., Qo‘chqоrоv R., Rizаyеv Sh., 2015
 

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017

25.03.22 10:38
Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017.

Учебник по физике для 6 класса на узбекском языке.

   Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9-sinflarda ham «Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi.
Elektr energiyasini hosil qiladigan mashinalar, elektrdan va yoqilg‘idan foydalanib ishlaydigan qurilmalar fizika faniga asoslanib yaratiladi. Ma shina va mexanizmlarni boshqarishda, sozlash ishlarini bajarishda, uy-ro‘z g‘or texnikasidan unumli foydala nishda ham fizikadan olgan bilim laringiz asqotadi.
Tabiatda ro‘y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko‘ra mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga ajratish mumkin.
Bu hodisalarni o‘rganish modda tuzilishini o‘rganishdan boshla nadi.

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017
Скачать и читать Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017
 

Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017

25.03.22 10:29
Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017.

Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.

   Siz 5-sinfda o‘zbek va jahon adabiyotining ajoyib namunalari bilan tanishgan, buyuk siymolarning, iste’dodli ijodkorlarning tarjimayi hollaridan xabardor bo‘lgan edingiz. Shubha yo‘qki, Siz egallagan bu bilimlar dunyoqarashingizni yanada boyitdi, ezgulikka, go‘zallikka bo‘lgan mehringizni oshirdi.
Bu yil 6-sinfda yanada ko‘proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlarni chuqurroq o‘rganasiz. Endi Sizning ko‘ngil uyingizga o‘zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko‘proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o‘rin bering, asarlarini qunt bilan sinchiklab o‘rganing. Darslikda badiiy asarlarning turlari va janrlari haqida nazariy ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini kengroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko‘pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan. Siz ana shu asarlarning to‘liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma’naviy oziq olgan bo‘lasiz.
Bu ishda Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017
 

Adabiyot, 6 sinf, 1 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017

25.03.22 10:23
Adabiyot, 6 sinf, 1 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017.

Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.

   Siz 5-sinfda o‘zbek va jahon adabiyotining ajoyib namunalari bilan tanishgan, buyuk siymolarning, iste’dodli ijodkorlarning tarjimayi hollaridan xabardor bo‘lgan edingiz. Shubha yo‘qki, Siz egallagan bu bilimlar dunyoqarashingizni yanada boyitdi, ezgulikka, go‘zallikka bo‘lgan mehringizni oshirdi.
Bu yil 6-sinfda yanada ko‘proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlarni chuqurroq o‘rganasiz. Endi Sizning ko‘ngil uyingizga o‘zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko‘proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o‘rin bering, asarlarini qunt bilan sinchiklab o‘rganing. Darslikda badiiy asarlarning turlari va janrlari haqida nazariy ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini kengroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko‘pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan. Siz ana shu asarlarning to‘liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma’naviy oziq olgan bo‘lasiz.
Bu ishda Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Adabiyot, 6 sinf, 1 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 6 sinf, 1 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017
 

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019

25.03.22 10:13
Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019.

Учебник по математике для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Yozgi ta’tilda Xadicha va uning ukasi 270 ta ertak o‘qishdi. Ulardan 150 tasi o‘zbek xalq ertaklari, qolganlari jahon xalqlari ertaklari. Ular qancha jahon xalqlari ertaklarini o‘qishgan?

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019
Скачать и читать Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019
 

Tasviriy san’at, 4 sinf, Sulaymonov A., Rahmonov I., Sulaymonova Z., 2017

25.03.22 10:01
Tasviriy san’at, 4 sinf, Sulaymonov A., Rahmonov I., Sulaymonova Z., 2017.

Учебник по изобразительному искусству для 4 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchi! Tasviriy san’at hayotni aks ettirishda, dunyo go‘zalliklarini his qilishda insonga yordam berishini bilasiz. Siz tasviriy san’atning turlari haqida birinchi sinfdayoq dastlabki ma’lumot olgansiz. Tasviriy san’at o‘zining tasvirlash usullari va boshqa jihatlariga qa rab, grafika, rangtasvir va haykaltaroshlik kabi turlarga bo‘linadi (1-rasm).

Tasviriy san’at, 4 sinf, Sulaymonov A., Rahmonov I., Sulaymonova Z., 2017
Скачать и читать Tasviriy san’at, 4 sinf, Sulaymonov A., Rahmonov I., Sulaymonova Z., 2017
 

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016

25.03.22 09:53
Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016.

Учебник по физкультуре для 3 класса на узбекском языке.

   3-sinfda sizni juda ko‘p qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda. Siz gimnastika, sport o‘yinlari elementlari, yangi umumrivojlantiruvchi mashqlarni va qiziqarli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rganasiz. Shuningdek, organizmingiz va jismoniy sifatlaringizni rivojlantirish uchun murakkab mashqlar bajarish lozimligini bilib olasiz.
Bundan tashqari, siz uchinchi sinfda qanday mashqlar bo‘lishini, ular bir-biridan nima bilan farq qilishini, ular qanaqa sifatlarni rivojlantirish uchun qo‘llanilishini, mashqlarni va undan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini bilib olasiz. Shu bilan birga, jismoniy mashqlar majmuyi nimaligini va ularni qanday ketma-ketlikda bajarishni, o‘zingizning jismoniy rivojlanish darajangizni kuzatib borishni o‘rganasiz. Darslarda sportning ba’zi turlari to‘g‘risida, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016
Скачать и читать Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016
 

Texnologiya, 4 sinf, Mannopova I., Mavlonova R., Ibragimova N., 2017

25.03.22 09:43
Texnologiya, 4 sinf, Mannopova I., Mavlonova R., Ibragimova N., 2017.

Учебник по технологии для 4 класса на узбекском языке.

   Siz “Texnologiya” darsligi yordamida quyi sinflarda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkam lagan holda turli xil materiallardan yanada chiroyli buyumlar, o‘yinchoqlar, modellar yasash texnologiya sini o‘rganasiz, hunarmand ustalarning buyum yasash usullari bilan tanishasiz.
Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish natijasida ma’lumotlarni qidirish, bajarish tartibini eslash, axborotlardan foydalanish, o‘zaro sinfdoshlar va kattalar bilan muloqot qilish va bir-biringizga yordam berish, kelishib ishlashni o‘rganasiz.
Darslik sizga chiroyli buyumlar va bejirim sovg‘alarni mustaqil yasashda yaqindan yordam beradi. Ularni ota-onangiz, ukalaringiz, do‘stlaringizga sovg‘a qil sa ngiz xursand bo‘ladilar.
Darslikda ish bajarish tartibi va uning bosqichlari bayon qilingan. Berilgan namunalarni ko‘rib chiqing, rasm va chizmalarni o‘rganing, bajarish jarayonida quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.

Texnologiya, 4 sinf, Mannopova I., Mavlonova R., Ibragimova N., 2017
Скачать и читать Texnologiya, 4 sinf, Mannopova I., Mavlonova R., Ibragimova N., 2017
 
Cтраница 2458 из 13396

RSS лента ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, наука и обучение, презентации, словари, все для преподавателей, школьников 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 и 11 класса и студентов. А ты НАШОЛ то, что тебе нужно?Подписаться на RSS ленту ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, готовые домашние задания, наука и обучение, анекдоты, презентации, словари, все для преподавателей, школьников для всех классов и студентов всех курсов. А ты Нашёл то, что тебе нужно?