Все для школьников, студентов, учащихся, преподавателей и родителей - Обучалка - Obuchalka.org

O‘zbekiston tarixi, Mustaqillik davri, 11 sinf, Jo‘rayev N., Zamonov A., 2018

29.03.22 10:54
O‘zbekiston tarixi, Mustaqillik davri, 11 sinf, Jo‘rayev N., Zamonov A., 2018.

Учебник по истории для 11 класса на узбекском языке.

   Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar imkon qadar o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston tarixi, Mustaqillik davri, 11 sinf, Jo‘rayev N., Zamonov A., 2018
Скачать и читать O‘zbekiston tarixi, Mustaqillik davri, 11 sinf, Jo‘rayev N., Zamonov A., 2018
 

Tadbirkorlik asoslari, 11 sinf, G‘afurov U., Sharipov Q., 2018

29.03.22 10:46
Tadbirkorlik asoslari, 11 sinf, G‘afurov U., Sharipov Q., 2018.

Учебник по бизнесу для 11 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shartsharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni, xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi.

Tadbirkorlik asoslari, 11 sinf, G‘afurov U., Sharipov Q., 2018
Скачать и читать Tadbirkorlik asoslari, 11 sinf, G‘afurov U., Sharipov Q., 2018
 

Jismoniy tarbiya, 7-8 sinf, Usmonxo‘jayev T.S., Arzumanov S.G., Usmonxo‘jayev S.T., 2017

29.03.22 10:35
Jismoniy tarbiya, 7-8 sinf, Usmonxo‘jayev T.S., Arzumanov S.G., Usmonxo‘jayev S.T., 2017.

Учебник по физкультуре для 7-8 класса на узбекском языке.

   Har biringiz o‘zingiz qiziqqan sport turi bilan shug‘ ullanar ekansiz shaxsiy xususiyatlar, jismoniy rivojlanganlik darajasi, jismoniy sifatlar (kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va boshqalar)ning holati, shug‘ullanayotgan sport turining qay darajada egallanganligi, kun tartibiga qat’iy rioya qilinganligi, ovqatlanish, uyqu va shu singarilar bilan bog‘liq bo‘lib, u 1 — 3 yil davom etadi. Shunga muvofiq, ushbu o‘quv qo‘llanmada siz sevgan sport turi, uning organizm uchun ahamiyati haqida, kuchni, chaqqonlikni, tezkorlik, ko‘z bilan chamalash, harakat koordinatsiyasini rivojlantirishga oid qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
Siz hozir turli mustaqil jismoniy mashqlarni bajara oladigan o‘smir yoshidasiz. Sizda kuch va chidamlilik faol rivojlanayotganligi tufayli yengil atletika, basketbol, voleybol, futbol, kurash, velosport, eshkak eshish va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘ullana olasiz. Ammo siz ma’lum qoidalarga qat’iy amal qilib borishingiz zarur.

Jismoniy tarbiya, 7-8 sinf, Usmonxo‘jayev T.S., Arzumanov S.G., Usmonxo‘jayev S.T., 2017
Скачать и читать Jismoniy tarbiya, 7-8 sinf, Usmonxo‘jayev T.S., Arzumanov S.G., Usmonxo‘jayev S.T., 2017
 

Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Haydarov B.Q., 2014

29.03.22 10:26
Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Haydarov B.Q., 2014.

Учебник по экономике для 9 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarning tadbirkorlik layoqati – tabiiy, kapital va mehnat omillari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanadi. Chunki, ishlab chiqarishning xuddi shu omili, qolgan uch omilni birlashtirish imkonini beradi. Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak, chunki bu faoliyat natijasida yangi, qo‘shimcha ish joylari yaratiladi. Tadbirkorlik nafaqat iste’molchilar uchun, balki davlat uchunham zarur va foydali faoliyatdir. Davlat tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishi bilan aholini ishga joylash, keng iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash vazifasini, ma’lum ma’noda, o‘zidan soqit qiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlardan olinadigan soliqlar hisobiga davlat xazinasi boyiydi. Shu bois, davlat tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Haydarov B.Q., 2014
Скачать и читать Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Haydarov B.Q., 2014
 

Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014

29.03.22 10:19
Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014.

Учебник по родному языку для 9 класса на узбекском языке.

   Shu kungacha Sizlar «Ona tili» fanining fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis bo‘limlari bo‘yicha izchil ma’lumot oldingiz. Fonetika bo‘limida tovush va harf, ularning o‘zaro munosabati, so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri, talaffuzi va imlosi, leksikologiya bo‘limida so‘zlarning ma’nolari, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlar, iboralar, morfologiya bo‘limida so‘zning shakllari, so‘z turkumlari, sintaksis bo‘limida so‘zlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari bilan tanishdingiz. Gaplarning tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma gaplarga bo‘linishi haqida ma’lumot oldingiz va sodda gapning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritdingiz.
IX sinfda sintaksisni o‘rganishda davom etasiz. Unda sodda gap bilan qo‘shma gapning farqi, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, qo‘shma gapning turlari, bir fikrni qo‘shma gapning turli ko‘rinishlari bilan ifodalash mumkinligi, ularda tinish belgilarining ishlatilishi bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz.
Ona tilimizning keng imkoniyatlarini o‘rganishda Sizga omad yor bo‘lsin!

Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014
Скачать и читать Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014
 

Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017

29.03.22 10:09
Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017.

Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.

   Din azaldan kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Dinni o‘rganish — bu inson ma’naviy dunyosini o‘rganishdir. Diniy manbalar insoniyat tarixida sodir bo‘lgan ibratli voqealarni o‘zida mujassam qilgan, ular kishilarni axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa insonning hayot so‘qmoqlarida adashmasligi, yaxshi-yomon, oq-u qorani anglab yetishi hamda o‘z umrini oqilona tashkil etishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Natijada insonning turmush tarzi yuksalib, jamiyatda taraqqiy etadi.

Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017
Скачать и читать Dunyo dinlari tarixi, 10 sinf, Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J., 2017
 

Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018

29.03.22 09:57
Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018.

Учебник по литературе для 11 класса на узбекском языке.

   Kitob o‘qishda asar tanlashga qiynalsangiz, albatta, kattalardan, ota-onangiz yoki ustozingizdan yordam so‘rashni unutmang. Ayni damda o‘z istak va qiziqishlaringizga mos kitob tanlash sizga ko‘proq naf keltiradi. Biror matndagi qiyin va tushunarsiz so‘zlarni to‘g‘ri anglashda sizga maxsus lug‘at kitoblari, elektron lug‘atlar, ma’lumotnoma va fan sohasiga doir qomuslar yordam beradi. Sir emaski, hozirgi davrda bunday manbalarni topish imkoniyatlari kun sayin ortib bormoqda.
Kitobxonlik madaniyatining yuksalishida o‘z ustida ishlashning, mustaqil va ijodiy faoliyatning ahamiyati beqiyos. Shuningdek, ulug‘ ajdodlarning hayoti va ijodidan saboq olish, ular yozib qoldirgan hayotiy hikmatlardan bahramand bo‘lish ham lozim.

Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018
Скачать и читать Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018
 

Ona tili, 11 sinf, Mahmudov N., Odilov Y.R., Ziyodullayeva G.Sh., 2018

29.03.22 09:42
Ona tili, 11 sinf, Mahmudov N., Odilov Y.R., Ziyodullayeva G.Sh., 2018.

Учебник по родному языку для 11 класса на узбекском языке.

   Siz oldingi sinflarda o‘zbek tilining leksikasi, fonetikasi, grammatikasi va uslubiyati bo‘yicha asosiy tushunchalarni o‘zlashtirdingiz.
Tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda kommunikativ sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarni o‘zlashtirishda Sizga g‘ayrat va qunt hamdam bo‘lishini tilaymiz.

Ona tili, 11 sinf, Mahmudov N., Odilov Y.R., Ziyodullayeva G.Sh., 2018
Скачать и читать Ona tili, 11 sinf, Mahmudov N., Odilov Y.R., Ziyodullayeva G.Sh., 2018
 
Cтраница 2349 из 13311

RSS лента ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, наука и обучение, презентации, словари, все для преподавателей, школьников 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 и 11 класса и студентов. А ты НАШОЛ то, что тебе нужно?Подписаться на RSS ленту ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, готовые домашние задания, наука и обучение, анекдоты, презентации, словари, все для преподавателей, школьников для всех классов и студентов всех курсов. А ты Нашёл то, что тебе нужно?