Все для школьников, студентов, учащихся, преподавателей и родителей - Обучалка - Obuchalka.org

Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014

30.03.22 11:06
Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014.

Учебник по черчению для 8 класса на узбекском языке.

  Chizmachilik fani o‘quvchilarning tasavvur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o‘stiradi. Tasavvur esa shakliy va fazoviy bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini oshirish maqsadida ularga chizmaga doir an’anaviy savollar va mashqlar berildi. Mashqlar o‘rtacha (A) va yaxshi (B) o‘zlashtiruvchi hamda iqtidorli (C) o‘quvchilarning bilimini hisobga olgan holda tuzilgan.

Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014
Скачать и читать Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014
 

Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014

30.03.22 10:29
Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014.

Учебник по физике для 8 класса на узбекском языке.

  Kundalik turmushimizda elektr energiyadan muntazam foydalanamiz. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabilar elektr energiya bilan ishlaydi (1-rasm). Ko‘chadagi tramvay-trolleybuslar, yer ostidagi metro poyezdlari ham elektr energiya hisobiga yuradi. Turli korxona, muassasa kabi barcha joylarda ham muntazam elektr energiyadan foydalaniladi.
8-sinfda Siz elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki, elektromagnit hodisalarni o‘rganasiz, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, oddiy elektr asbob va qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishasiz.

Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014
Скачать и читать Fizika, Elektr, 8 sinf, Habibullayev P.Q., 2014
 

Fly High English, Teacher’s Book, 8 sinf, Jurayev L., Khan S., 2014

30.03.22 10:21
Fly High English, Teacher’s Book, 8 sinf, Jurayev L., Khan S., 2014.

Учебник по английскому языку для 8 класса на узбекском языке.

   O‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan mazkur metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinflari uchun nashr etilgan „Fly High 8“ nomli ingliz tili darsligi asosida tayyorlangan. Undan darslikning bo‘limlari, mavzulari, darslarning kommunikativ maqsadlari, grammatikasi, lug‘ati haqidagi mundarija, har bir dars va mashqning maqsadlari, o‘qituvchilar uchun til va madaniyatga oid qo‘shimcha ma’lumotlar, mashqlarning javoblari, CD disk uchun yozuv materiallari, o‘quvchilarni rasmiy baholash uchun qo‘llasa bo‘ladigan uchta namunaviy testlar (javoblari bilan), o‘quvchilarning darslarni qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishga mo‘ljallangan testlar, darslikdagi mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar, kuchli, shuningdek, o‘zlashtirishi sust bo‘lgan sinflar uchun takliflar o‘rin olgan.

Fly High English, Teacher’s Book, 8 sinf, Jurayev L., Khan S., 2014
Скачать и читать Fly High English, Teacher’s Book, 8 sinf, Jurayev L., Khan S., 2014
 

Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014

30.03.22 10:15
Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014.

Учебник по физике для 9 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Molekular fizika va termodinamika moddaning turli agregat holatlaridagi fizik xossalarini, diffuziya, issiqlik o‘tkazuvchanlik kabi hodisalarni, issiqlik ta’sirida modda holatining o‘zgarishini, moddalarning issiqlik sig‘imi, bug‘lanishi, kondensatsiyasi, erishi, qotishi, mustahkamligi, elastikligi kabi xossalarini o‘rganadi. Fizikaning «Mexanika» bo‘limini o‘rganishda jismlar zarralardan tuzilganligi e’tiborga olinmagan edi. Molekular fizika va termodinamikani o‘rganishda esa moddalar zarralardan tuzilganligiga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunda statistik va termodinamik metodlardan foydalaniladi.

Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014
Скачать и читать Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014
 

Kimyo, 9 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G., 2014

30.03.22 10:09
Kimyo, 9 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G., 2014.

Учебник по химии для 9 класса на узбекском языке.

   Bu o‘quv yilida sen umumiy o‘rta maktabni tamomlaysan. Oldinda seni akademik litsey va kasbhunar kollejlari kutmoqda. Qiziqishingni hisobga olgin-da, dadil olg‘a qadam bos. Unutma, sen Ar-Roziy, Al-Farg‘oniy, At-Termiziy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Òemur, Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalar avlodisan. Ota-onang, ustozlaring, Vataning – O‘zbekiston seni haqiqiy inson, yetuk mutaxassis, ijodkor, olim bo‘lib yetishishingni, el-yurt oldida obro‘-e’tibor topishingni xohlaydi. Yodingda tut! Fan olamining hali ochilmagan qirralari ko‘p, ularni zabt etmoq sening zimmangda.
Senga oq yo‘l tilaymiz!

Kimyo, 9 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G., 2014
Скачать и читать Kimyo, 9 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G., 2014
 

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018

30.03.22 10:00
Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018.

Учебник по основам духовности для 10-11 класса на узбекском языке.

   Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi. Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, din-u diyonati, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofat-g‘am tushganida hamdardlik bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehr-oqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal ma’naviy olami tashkil etadi.
Mazkur darslikda o‘quvchi-yoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maqsadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mavzuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinflarda olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
Скачать и читать Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
 

Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015

30.03.22 09:47
Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015.

Учебник по чувство родины для 6 класса на узбекском языке.

   Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» hamda «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida qayta ishlangan. Unda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik asoslarini shakllantiradigan mavzular o‘quvchilarning o‘ziga xos tushuncha-tasavvurlarini hisobga olgan holda, qiziqarli misollar, hayotiy dalillar hamda zamonaviy metodik usullar vositasida yoritib berilgan.

Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
Скачать и читать Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015
 

География, начальный курс физической географии, учебник для 5 класса школ общего среднего образования, Гулямов П., 2020

30.03.22 09:17
География, начальный курс физической географии, учебник для 5-го класса школ общего среднего образования, Гулямов П., 2020.

РАБОТА С УЧЕБНИКОМ.

Дорогие ученики! В этом году вы приступите к изучению нового предмета — «География». Наши великие предки хорошо знали географию. Именно поэтому они оставили в своих трудах ценные и интересные сведения об этой науке. Для лучшего познания географии необходимо помимо учебника вооружиться атласом, контурными картами и тетрадью в клетку. Кроме того, понадобятся цветные карандаши, линейка, резинка, циркуль, а также компас и глобус для выполнения некоторых заданий. Выполняя задания и отвечая на вопросы, приведенные в конце каждого параграфа, используйте рисунки и карты учебника. Чтобы закрепить пройденный материал, нужно прочитать каждую часть параграфа и постараться пересказать ее содержание своими словами. Географические термины и названия следует переписать в тетрадь, обращая особое внимание на опорные слова, понятия и географические названия. При изучении тем учебника необходимо иметь под рукой географические карты. С помощью карты можно легко найти тот или иной географический объект и определить его местоположение.

География, начальный курс физической географии, учебник для 5-го класса школ общего среднего образования, Гулямов П., 2020

Скачать и читать География, начальный курс физической географии, учебник для 5 класса школ общего среднего образования, Гулямов П., 2020
 
Cтраница 2344 из 13311

RSS лента ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, наука и обучение, презентации, словари, все для преподавателей, школьников 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 и 11 класса и студентов. А ты НАШОЛ то, что тебе нужно?Подписаться на RSS ленту ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, готовые домашние задания, наука и обучение, анекдоты, презентации, словари, все для преподавателей, школьников для всех классов и студентов всех курсов. А ты Нашёл то, что тебе нужно?